AI video yaratiş — kamerasiz, bitta mavzudan

AI video yaratiş uçun kamera ham, montajçi ham kerak emas: Telegram'dagi @Hozzirbot ga mavzuni yozasiz yoki ovozli xabar yuborasiz. Sunʼiy intellekt ssenariy yozadi, ovoz beradi, kadrlarni yaratadi va videoni montaj qiladi — ssenariyni esa avval siz tasdiqlaysiz.

  • Birinçi montaj — bepul yasab körasiz
  • Odatda 5–10 daqiqa
  • Özbek va rus tilida

Sunʼiy intellekt videoni qanday tayyorlaydi

Hamma ham kamera oldida gapirişni yoqtirmaydi, har kuni suratga olişga vaqt topiş ham qiyin. Hozzir'da video bitta gapdan boşlanadi — qolgan bosqiçlarni AI özi bajaradi, siz faqat yönaliş berasiz.

  • Mavzu yoki ovozli xabar

    Video nima haqida bölişini bir-ikki gap bilan yozasiz yoki aytib yuborasiz.

  • Ssenariy — avval sizga

    AI matnni yozib, sizga körsatadi: maʼqul bölsa tasdiqlaysiz, bölmasa nimani özgartirişni aytasiz.

  • Ovoz

    Tasdiqlangan matnni özbek yoki rus tilidagi AI ovoz öqib beradi.

  • Kadrlar

    AI çizib jonlantirgan tasvirlar va stok kadrlar har bir gapga mos tanlanadi.

  • Montaj

    Subtitr, musiqa va grafika qöşiladi. Ssenariy tasdiqlangaç, video odatda 3–8 daqiqada tayyor böladi.

Video aniq çiqişi uçun mavzuni qanday yoziş kerak

Bitta gap ham yetadi, lekin ikki-uç tafsilot natijani ança yaxşilaydi. Ssenariy baribir avval sizga keladi, şuning uçun biror narsa esdan çiqsa, öşa bosqiçda qöşib qöyasiz.

  • Kim uçun

    Videoni kim körişini ayting: yangi mijozlar, öquvçilarning ota-onalari yoki doimiy xaridorlar.

  • Asosiy fikr

    Tomoşabin nimani eslab qolişi kerakligini bitta gap bilan yozing.

  • Çaqiriq

    Oxirida nima qiliş kerak: qönğiroq qiliş, Direct'ga yoziş yoki manzilga keliş.

Qanday AI video yaratiş mumkin

Bitta mavzuni turliça aytib beriş mumkin — vazifaga qarab formatni tanlaysiz. Har biri öz tuzilişiga ega: reklama qisqa va aniq, röyxat esa bandma-band boradi.

  • Reklama

    Qisqa va aniq taklif: dökondagi yangi kolleksiya yoki kafening mavsumiy menyusi.

  • Muammo → yeçim, qadam-baqadam

    Masalan, avtoservis uçun: «maşinani qişga qanday tayyorlaş kerak».

  • Top röyxat, mif va haqiqat

    «Uy tanlaşdagi 5 ta xato» yoki sohangizdagi keng tarqalgan notöğri tasavvurlar.

  • Savol-javob, ekspert maslahati

    Mijozlar eng köp beradigan savollarga qisqa javoblar — öquv markaz yoki ekspert uçun.

  • Brend hikoyasi

    Bizneningiz qanday boşlangani va nimasi bilan boşqalardan farq qilişi.

  • Sketch

    Personajlar özaro gaplaşadigan kiçik sahna. Qahramonlar videoning barça sahnalarida bir xil körinadi.

Gapiradigan rasm va özingizning kadrlaringiz

Kamera oldida gapirişga tayyor bölmasangiz ham, videoda körinişingiz mumkin. «Gapiradigan rasm» formatida suratingizdagi odam video matnini özi aytadi. Bu ayniqsa ekspert yoki biznes egasi öz nomidan gapirişi kerak bölgan videolarda qöl keladi.

Kadrlar umumiy bölib qolmasligi uçun öz rasm va videolaringizni qöşing: dökon, kafe, jamoa yoki mahsulot. AI video ularni işlatadi — tomoşabin aynan sizning joyingizni köradi. Loyihangizdagi logo, ranglar, CTA va ovoz esa har bir videoga özi qöyiladi, har safar qayta sozlaş şart emas.

AI video qaçon mos keladi, qaçon özingiz suratga olgan yaxşi

AI video tuşuntiriş, röyxat, maslahat va ğoyani körsatiş uçun qulay: kamera, studiya va aktyor kerak emas, har kuni yangi mavzuda video çiqariş oson. Joyingiz hali suratga olinmagan bölsa yoki yuzingizni körsatişni istamasangiz — ayni muddao.

Ammo işonç yuzma-yuz quriladigan joyda jonli video kuçliroq: usta işini körsatsa, biznes egasi mijozlarga özi murojaat qilsa, real natija yoki joyning özi körinişi kerak bölsa. Bunday videoni telefonda olib, botga yuboring — Hozzir uni montaj qiladi. Ikkalasini almaştirib turiş ham yaxşi yöl: muhim gapni özingiz aytasiz, qolgan kunlarga AI video tayyorlaysiz.

Misol

Misol: bitta gapdan tayyor AI video

Hammasi bitta gapdan boşlanadi: mavzuni yozasiz, AI esa undan ssenariy tuzadi. Matnni tasdiqlaysiz — keyin sunʼiy intellekt unga ovoz beradi, har bir gapga mos kadr yaratadi va subtitr, musiqa hamda grafika bilan montaj qiladi. Natija — Reels, Shorts va TikTok uçun vertikal video. Kamera ham, suratga oliş ham kerak bölmadi.

Mavzu: 1 gap
Tayyor AI video

Narx

AI video narxi

Narx video turiga boğliq: AI video — 39 000 söm, sketch — 89 000 söm, gapiradigan rasm — 99 000 söm. Özingiz suratga olgan videoning montaji — 29 000 söm.

Narx boşlaşdan oldin aytiladi, pul esa faqat yuklab olingan tayyor video uçun yeçiladi. Balansni Click yoki Payme orqali sömda töldirasiz yoki paket olasiz. Öz videongizdan birinçi montajni bepul yasab körasiz — faqat yuklab oliş pullik.

Montaj

Sizning videongizdan tayyor Reels

29 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 9 000 söm · 2 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 9 000 söm

Birinçisini bepul yasab körasiz

Faqat subtitr

Videongiz özidek — faqat sözma-söz subtitr, tik yoki yotiq

9 000 söm

60 s gaça · har qöşimça daqiqa — 3 000 söm · 1 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 3 000 söm

AI video

Mavzudan — ssenariy, ovoz, kadrlar

39 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 15 000 söm · 2 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 15 000 söm

Sketch

Personajlar gapiradigan sahna

89 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 29 000 söm · 1 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 29 000 söm

Gapiradigan rasm

Rasmingizdagi odam videoning gaplarini özi aytadi

99 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 15 000 söm · 2 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 15 000 söm

Tölov: Click yoki Payme

Savollar

AI video haqida savollar

AI video yaratiş uçun nima kerak?

Faqat Telegram va mavzu. Bir-ikki gap yozasiz yoki ovozli xabar yuborasiz — qolganini AI qiladi. Heç narsa örnatiş şart emas.

Ssenariy yoqmasa-çi?

Ssenariy montajdan oldin sizga körsatiladi. Nimani özgartirişni yozasiz yoki aytasiz — AI tuzatadi, video esa faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin tayyorlanadi.

Videoda qaysi tilda gapiriladi?

Özbek yoki rus tilidagi AI ovozda. Subtitr ham şu tilda çiqadi, özbekça sözlar esa hozirgi lotin yoki yangi alifboda yoziladi — tanlov sizda.

AI video qança davom etadi va qaçon tayyor böladi?

Taxminan 90 soniyagaça, vertikal 9:16 formatda — Reels, Shorts va TikTok uçun. Ssenariy tasdiqlangaç, odatda 3–8 daqiqada tayyor.

Öz mahsulotim yoki joyimni körsatsa böladimi?

Ha. Joyingiz, jamoangiz yoki mahsulotingiz rasm-videolarini qöşasiz — AI video ularni kadrlarda işlatadi.

Tayyor videoga özgartiriş kiritsa böladimi?

Ha. «Tuzatiş» tugmasi orqali nimani özgartirişni matn yoki ovozli xabar bilan aytasiz; bir neçta tuzatiş bepul.

Birinçi AI videongizni bugun yarating

Telegram'da @Hozzirbot ni oçing va mavzuni yozing. Video tayyorlanişidan oldin ssenariy va narxni körasiz, pul esa faqat yuklab olgan tayyor videongiz uçun yeçiladi.

Telegram'da @Hozzirbot · hozzir.uz

Hozziroq sinab köring