Hozzir — foydalaniş şartlari

1. Xizmat. Hozzir foydalanuvçi yuborgan videolardan montaj qiladi va AI yordamida video yaratadi. Natija avtomatik tayyorlanadi; foydalanuvçi uni joylaşdan oldin tekşiradi.

2. Taqiqlanadi: • 18+ (jinsiy, yalanğoç) kontent va voyaga yetmaganlar iştirokidagi har qanday nomaqbul kontent; • boşqa odamning rasmi, videosi yoki ovozidan uning roziligisiz foydalaniş, özgalar nomidan gapirtiriş (deepfake); • yolğon reklama, firibgarlik, soxta vaʼdalar, yolğon tibbiy yoki moliyaviy daʼvolar; • zöravonlik, nafrat, kamsitiş, terrorizm, giyohvandlikni tarğib qiliş; • siyosiy tarğibot va Özbekiston qonunçiligiga zid boşqa har qanday kontent; • mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan ruxsatsiz foydalaniş.

3. Javobgarlik. Yuborilgan materiallar va tayyor videolardan foydalaniş uçun foydalanuvçi özi javob beradi. Rasm yoki ovozi işlatilgan odamlarning roziligi foydalanuvçida bölişi şart.

4. Tekşiruv va bloklaş. Xizmat xavfsizlik uçun yuborilgan matn, rasm va videolarni avtomatik tekşiradi va saqlaydi. Qoidabuzarlik aniqlansa, buyurtma bajarilmaydi va hisob ogohlantirişsiz bloklanişi mumkin; bunday holatda tölangan mablağ qaytarilmaydi.

5. Tölovlar. Tayyorlangan video yoki işlatilgan paket uçun tölov qaytarilmaydi. Texnik xato bilan bajarilmagan buyurtma paketga qaytariladi.

6. Maʼlumotlar. Ism, telefon raqami va yuborilgan materiallar faqat xizmat körsatiş, yordam va xavfsizlik uçun işlatiladi va uçinçi şaxslarga sotilmaydi.

7. Özgarişlar. Şartlar yangilanişi mumkin; yangilangan şartlar botda va saytda eʼlon qilinadi.

Savollar bölsa — yordam xizmatiga yozing.

Hozziroq sinab köring