Videoga subtitr qöşiş — avtomatik va sözma-söz

Videoga subtitr qöşiş endi bitta xabarlik iş: klipni Telegram'dagi @Hozzirbot ga yuborasiz, Hozzir esa nutqni sözma-söz avtomatik subtitrga aylantirib, muhim sözlarni ajratib körsatadi. Subtitr qiliş uçun dastur ham, kompyuter ham kerak emas.

  • Birinçi montaj — bepul yasab körasiz
  • Odatda 5–10 daqiqa
  • Özbek va rus tilida

Nega videoga subtitr kerak

Köp odam lentani ovozsiz varaqlaydi: avtobusda, işda, yonida bola uxlab yotganda. Ekranda yozuv bölmasa, tomoşabin birinçi soniyalardayoq gap nima haqida ekanini tuşunmay, keyingi videoga ötib ketadi. Subtitr esa ovoz öçiq bölsa ham fikringizni yetkazadi.

  • Ovozsiz ham tuşunarli

    Tomoşabin ovozni yoqmasdan ham nima deyotganingizni öqib boradi.

  • Eʼtibor uzoqroq turadi

    Sözlar ovoz bilan birga çiqadi, köz ularga ergaşadi — videodan çalğiş qiyinlaşadi.

  • Hamma uçun qulay

    Eşitişi past odamlar ham, tez gapni ilğab ulgurmaganlar ham fikringizni töliq tuşunadi.

  • Asosiy gap esda qoladi

    Ajratilgan sözlar eng muhim joyni — narx, manzil yoki aksiya şartini — közga taşlaydi.

Avtomatik subtitr qanday işlaydi

Klipni botga yuborasiz. Sunʼiy intellekt özbekça yoki rusça nutqni matnga aylantiradi va har bir sözni aynan aytilgan paytiga joylaydi. Ekranda sözlar ovozingiz bilan birga, birin-ketin paydo böladi. Bir neçta klip yuborsangiz, ular bitta videoga yiğiladi va subtitr butun video böylab bir maromda davom etadi.

Subtitr — montajning bir qismi. Pauzalar, «ee-mm» va takroriy dubllar kesib taşlanadi, şuning uçun matn ham toza nutq böyiça boradi. Muhim sözlar boşqa rang va şriftda ajratiladi — tomoşabin asosiy fikrni bir qaraşda ilğaydi. Preview odatda 5–10 daqiqada keladi.

30 xil subtitr dizayni — uslubingizga mosini tanlang

Har videoga bir xil yozuv yaraşavermaydi. Ekspertning xotirjam maslahatiga vazmin şrift, dökondagi aksiyaga esa katta va yorqin sözlar mos tuşadi. Hozzir'da 30 xil subtitr dizayni bor — videongiz ruhiga qaysi biri mos kelsa, şuni tanlaysiz. Tanlangan dizaynda kalit sözlar ham öz rangi va şrifti bilan ajralib turadi.

Montaj uslubini tanlasangiz — Agentlik, Dinamik, Toza, Kino, Ekspert yoki Drama — subtitr ham temp, grafika va rang bilan birga şu uslubga moslaşadi. Subtitrning ekrandagi joyini ham özgartiriş mumkin, şunda yuzingiz, mahsulot yoki kadrdagi boşqa yozuv yopilib qolmaydi.

Matnni özingiz tuzatasiz, alifboni özingiz tanlaysiz

Ism, brend nomi, köça nomi yoki kasbiy atama baʼzan notöğri yozilib qolişi mumkin — ayniqsa nutq tez yoki atrof şovqinli bölsa. Şunda subtitr matnini özingiz töğrilab yuborasiz — video aynan sizning matningiz bilan qaytadan tayyorlanadi. Boşqa özgarişlarni «Tuzatiş» tugmasi orqali matn yoki ovozli xabarda aytasiz.

Özbekça sözlar qaysi alifboda yozilişini ham özingiz hal qilasiz: hozirgi lotin alifbosidami yoki ö, ğ, ş, ç harflari bor yangi özbek alifbosidami. Tanlov videodagi barça özbekça sözlarga — subtitrga ham, ekrandagi yozuvlarga ham tegişli. Auditoriyangiz qaysi yozuvga örgangan bölsa, şunisini qöying.

Subtitrli video kimlarga foydali

Kamera oldida gapiradigan va mijozini Instagram, TikTok yoki YouTube Shorts'da topadigan har kimga. Tayyor video vertikal 9:16 formatda böladi — uçala platformaga ham birdek mos.

  • Dökonlar va kafelar

    Yangi mahsulot, menyu yoki aksiya haqidagi video ovozsiz ham tuşunarli böladi.

  • Gözallik salonlari va avtoservislar

    Usta işini körsatib tuşuntiradi, subtitr esa har bir qadamni yozib boradi.

  • Öquv markazlar va ekspertlar

    Maslahat yoki dars parçasi köz oldida matn turganda osonroq tuşuniladi.

  • Köçmas mulk

    Uy körsatilayotganda aytilgan maydon, qavat va tuman ekranda ham yozilib turadi.

  • Blogerlar va SMM mutaxassislar

    Har bir mijozni alohida loyihada yuritasiz: logo, ranglar va CTA saqlanib qoladi.

Misol

Misol: telefondagi videodan subtitrli Reels

Yuqoridagi klip oddiy videodan boşlanadi: telefonda olingan, odam kameraga qarab gapiradi, ekranda heç qanday yozuv yöq. Hozzir pauzalarni kesdi, nutqni sözma-söz subtitrga aylantirdi va kalit sözlarni boşqa rangda ajratdi. Endi videoni ovozsiz körgan odam ham gap nima haqida ekanini tuşunadi.

Xom video, subtitrsiz
Katta subtitrli Reels

Narx

Subtitr narxi

Subtitr uçun alohida tölov yöq — u har bir montajga kiradi. Öz videongizdan tayyor Reels: 29 000 söm. Kamerasiz videolar ham subtitr bilan çiqadi: AI video — 39 000 söm, sketch — 89 000 söm, gapiradigan rasm — 99 000 söm.

Pul faqat tayyor video uçun olinadi, narx esa boşlaşdan oldin aytiladi. Balansni Click yoki Payme orqali sömda töldirasiz. Birinçi montajni bepul yasab körasiz: natija yoqsa — yuklab oliş uçun tölaysiz.

Montaj

Sizning videongizdan tayyor Reels

29 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 9 000 söm · 2 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 9 000 söm

Birinçisini bepul yasab körasiz

Faqat subtitr

Videongiz özidek — faqat sözma-söz subtitr, tik yoki yotiq

9 000 söm

60 s gaça · har qöşimça daqiqa — 3 000 söm · 1 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 3 000 söm

AI video

Mavzudan — ssenariy, ovoz, kadrlar

39 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 15 000 söm · 2 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 15 000 söm

Sketch

Personajlar gapiradigan sahna

89 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 29 000 söm · 1 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 29 000 söm

Gapiradigan rasm

Rasmingizdagi odam videoning gaplarini özi aytadi

99 000 söm

60 s gaça · har qöşimça 30 s — 15 000 söm · 2 ta bepul tuzatiş · keyingi tuzatiş — 15 000 söm

Tölov: Click yoki Payme

Savollar

Subtitr haqida savollar

Subtitr qaysi tillarda yoziladi?

Özbek va rus tilidagi nutq uçun. Subtitr videoda qaysi tilda gapirilgan bölsa, öşa tilda yoziladi. Ovoz qançalik tiniq bölsa, matn ham şunçalik aniq çiqadi.

Subtitr uçun alohida pul tölaymanmi?

Yöq. Subtitr, muhim sözlarni ajratiş va dizayn tanlaş har bir montajga kiradi — alohida xizmat hisoblanmaydi.

Subtitrda xato çiqsa nima qilaman?

Subtitr matnini töğrilab yuborasiz — video yangi matn bilan qayta tayyorlanadi. Bir neçta tuzatiş bepul.

Subtitr yuzimni yoki mahsulotni yopib qöymaydimi?

Subtitrning ekrandagi joyini özgartiriş mumkin — uni kadrdagi asosiy narsaga xalaqit bermaydigan joyga qöyasiz.

Yangi alifboda subtitr qilsa böladimi?

Ha. Videodagi özbekça sözlar hozirgi lotin alifbosida yoki ö, ğ, ş, ç harflari bor yangi alifboda yoziladi — qaysi biri bölişini özingiz tanlaysiz.

Faqat telefon bilan işlasa böladimi?

Ha, hammasi Telegram'da. 20 MB gaça videoni botga töğridan-töğri yuborasiz, kattaroq fayllarni (4K, 2 GB gaça) — bot içidagi «📱 Ilova» orqali.

Keyingi videongiz subtitr bilan çiqsin

Telegram'da @Hozzirbot ni oçing va klipni yuboring. Birinçi montaj bepul yasaladi — subtitr qanday çiqişini öz videongizda körasiz.

Telegram'da @Hozzirbot · hozzir.uz

Hozziroq sinab köring